O'zi javob beradigan Instagram.

Izohlar, direkt va storieslar uchun chat-bot. O'zbekcha va ruscha.

Asosiy

Bir daqiqada javob.

Kunduzi, kechasi va dam olish kunlari — siz ish bilan bandligingizda.

Til

Qanday yozilsa, shunday tushunadi.

Lotin, kirill, rus tili — qaysi yozuvda so'ralsa, o'shanda javob.

Aniqlik

Narxni o'ylab topmaydi.

Har bir raqam — narxlaringizdan. Postingizni o'qiydi: narx post ostida bo'lsa, javob o'sha yerdan.

Nazorat

Murakkabi — sizga.

Shikoyat va javobsiz savollar — Telegramga.

Rejim

Siz hal qilasiz.

Ishonch ortgani sari — kamroq tugma.

Hisobot

Har dushanba.

Tungi soatlar, ko'p so'raladigan savollar va mijoz kontaktlari.

Qanday ishlaydi.

Ruxsat berishdan birinchi javobgacha — taxminan o'n daqiqa.

  1. 00:00

    Ulanish

    Parolingizni so'ramaymiz — havolani ochasiz va Instagram sahifasida ruxsat berasiz. Akkaunt professional bo'lishi kerak: «Biznes» yoki «Muallif».

  2. 03:00

    Bilimlar bazasi

    Postlaringizni o'zimiz o'qiymiz. Yoki narxlarni fayl bilan yuklang — Excel, Word, PDF. O'qilganini bot aytishidan oldin ko'rasiz.

  3. 10:00

    Birinchi javob

    Avval javob Telegramga tasdiqlash uchun keladi. Keyin — to'liq avtomat.

Xavfsiz — boshidanoq.

Ulanish — rasmiy Meta API orqali.

Parol kerak emas

Ruxsat Instagram sahifasida beriladi. Parolingizni bilmaymiz va so'ramaymiz.

Kabinet — faqat sizniki

Hisobni biz ochamiz, seans 12 soat yashaydi: yo'qolgan telefon ertasiga hech narsani ko'rsatmaydi.

Javob uchun to'laysiz

Spam, do'stlarni belgilash va bo'sh izohlar modelgacha yetmaydi va limitga kirmaydi.

Ma'lumot — sizniki

Istalgan vaqtda o'chirish mumkin. Batafsil — maxfiylik siyosatida.

Narxlar.

Sinov haftasi

Birinchi hafta — bizdan.

7 kun yoki 100 ta javob — qaysi biri oldin tugasa. Bot mijozlaringizga javob beradi, siz esa qancha vaqt tejalganini ko'rasiz.

Sinov haftasini boshlash

Start

499 000
so'm / oy · javob ≈ 998 so'm
  • Oyiga 500 ta javob
  • 1 ta Instagram hisobi
  • Bazani oyiga 30 marta yangilash
  • Kuniga 3 tagacha yangilash
Tanlash
Ommabop

Biznes

799 000
so'm / oy · javob ≈ 533 so'm
  • Oyiga 1 500 ta javob
  • 3 ta Instagram hisobi
  • Bazani oyiga 60 marta yangilash
  • Kuniga 6 tagacha yangilash
Tanlash

Pro

1 199 000
so'm / oy · javob ≈ 400 so'm
  • Oyiga 3 000 ta javob
  • 5 ta Instagram hisobi
  • Bazani oyiga 100 marta yangilash
  • Kuniga 10 tagacha yangilash
Tanlash

Har bir tarifda

  • Izoh va direkt
  • O'zbek, rus, ingliz tillari
  • Bazani postlaringizdan yig'amiz
  • Telegramda bildirishnoma
  • Kabinet va hisobotlar
  • Mijoz kontaktlari

Ulanish bepul — bazani biz yig'amiz.Limitdan ortig'i — javob uchun 1 000 so'm.Oyiga 3 000 tadan ko'p? «Ko'proq» tarifi — kelishuv bo'yicha. Yozing

Savollar.

Instagram uchun bot qanday ishlaydi?

Mijoz post ostiga izoh yozadi yoki direktga yozadi. Bot savolni tushunadi, javobni sizning bilimlar bazangizdan topadi va bir daqiqada javob beradi. Ma'lumot yetmasa, savol sizga Telegramga tushadi.

Bot o'zbek tilida javob beradimi?

Ha. Lotin, kirill, translit va aralash yozuvni tushunadi va mijoz qaysi tilda yozgan bo'lsa, o'sha tilda javob beradi. Ruscha va inglizcha ham.

Parolimni berishim kerakmi?

Yo'q. Ulanish rasmiy Instagram API orqali — parolingizni bilmaymiz va so'ramaymiz. Hisobingizga hech kim kirmaydi.

Bot o'zi javob bera oladimi?

Ha, lekin darhol emas. Uch rejim bor. Tasdiqlash bilan — har bir javob Telegramga keladi, siz bosasiz. Soya — bot «avtomatik rejimda shu javob ketardi» deb belgilaydi, lekin baribir kutadi: bir hafta va aniq raqam chiqadi. Avtomatik — bot o'zi javob beradi va guruhga nima deb javob berganini yuboradi. Ishonch ortgani sari — kamroq tugma. Rejimdan qat'i nazar shikoyat, tahdid va tekshiruvdan o'tmagan javoblar doim sizga keladi.

Bazani qanday to'ldiraman?

To'rt yo'l bor, eng oson birinchisi. Postlaringizni o'qiymiz — narxlar va shartlar allaqachon post ostida yozilgan. Savollarga javob berasiz. Faylni yuklang — Excel, Word, PDF, matn, CSV, 10 tagacha fayl, har biri 5 MB gacha; Word jadvallari va Excel varaqlari ham o'qiladi. Yoki shunchaki o'zingiz yozasiz. Har qanday holatda matn avval maydonga tushadi va siz uni ko'rasiz: noto'g'ri o'qilgan bo'lsa — tuzatasiz. Kabinetda xohlagan payt o'zgartirasiz: tarifga qarab oyiga 30 dan 100 martagacha va kuniga 3 dan 10 tagacha, qolgan miqdor sahifada ko'rinib turadi.

Kabinetda nima ko'rinadi?

Murojaatlar, tejalgan vaqt, mijoz kontaktlari va o'rtacha javob vaqti — har biri yonida o'tgan davrga nisbatan o'zgarish bilan. Soatlar bo'yicha grafik ko'rsatadi, qachon so'rashadi: tungi soatlarda murojaatlarning yarmi keladi. Javobsiz qolgan savollar alohida ro'yxatda — to'ldirasiz, bot o'zi javob beradi. Spam va bo'sh izohlar modelgacha yetib bormaydi: ularni ko'rmaysiz ham, to'lamaysiz ham. Excelga yuklab olish — butun hisobot bir fayl.

Aksiya yoki mahsulot tugasa?

Muddatini ko'rsatgan bo'lsangiz («30 sentyabrgacha»), aksiya o'zi chiqib ketadi va sizga xabar keladi. Mahsulot uchun kabinetdagi ro'yxatda uch holatdan birini tanlaysiz: bor, tugagan, buyurtma bilan — bot darhol shunday javob bera boshlaydi. Bazani qayta yig'ish shart emas.

Kabinetga kim kira oladi?

Faqat siz. Hisobni biz ochamiz va parolni sizga beramiz — o'zingiz ro'yxatdan o'tmaysiz. Seans 12 soat davom etadi: keyin qaytadan kirish kerak. Telefonni sotuvchiga bergan yoki yo'qotgan bo'lsangiz, u ertasiga hech narsani ko'rmaydi.

Istalgan vaqtda bekor qila olamanmi?

Ha. Obunani xohlagan paytda to'xtatasiz — shartnoma va majburiyatlarsiz.

Savolingiz topilmadimi? Bizga yozing

Bepul sinab ko'ring.

O'n daqiqada ulaymiz. Bazani o'zimiz yig'amiz.

Telegram yoki pochta — qulayi bilan yozing.

7 kun bepul